Kiberxavfsizlik sohasida yetuk mutaxassis bo’lish uchun 6 oylik onlayn o’quv kursi!

Zamonaviy, yuqori talab va keng imkoniyatli, munosib maosh va kerakli kasb egasi bo’lish uchun ajoyib imkoniyat!

Diqqat!

Ushbu kursda siz HH Security tomonidan kiberxavfsizlik sohasida zarur bo‘lgan bilimlarni chuqur o‘rganasiz. Kiberxavfsizlik turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan keng sohaga ega, ushbu kurs esa ushbu yo‘nalishlarning barchasiga tegishli bo‘lgan kompleks bilimlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Kurs umumiy va mukammal tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, barcha muhim tushunchalar va amaliyotlar bir joyga jamlangan. Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so‘ng, siz universal bilim darajasiga ega bo‘lasiz va o‘zlashtirish darajangizga qarab kiberxavfsizlik xodimi sifatida ish boshlashingiz mumkin bo‘ladi. Ha, siz kursdan so‘ng bemalol ish faoliyatingizni boshlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz, ammo bu, albatta, o‘quvchining o‘z harakati, bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishi va amaliy tajribaga ega bo‘lishiga bog‘liq. Izlaganga tole yor deganidek, agar harakat qilsangiz, ushbu kurs sizni kiberxavfsizlik sohasida yuqori natijalarga olib boradi. Aks holda, faqat vaqt va mablag‘ sarflab qo‘yishingiz mumkin. Shunday ekan, bilim olishga, amaliyot qilishga va o‘zingizni rivojlantirishga tayyor bo‘ling!

Shu sabab be mindful!

Dunyoda bu sohani rivojlantirish uchun eng zo’rlari bilan ya’ni HH Security bilan birga bo`ling, bizni jamoamizga qo`shiling!

Ushbu kurs yaqindagina mukammal tarzda ishlab chiqildi va eng so‘nggi ma’lumotlar asosida shakllantirildi. Kurs mazmuni juda keng bo‘lib, barcha bilimlar muayyan tartib va navbat bilan o‘rgatiladi. Ushbu kurs boshlang‘ich va fundamental bilimlarni qamrab oladi, bu esa kiberxavfsizlik sohasiga endigina qadam qo‘yganlar uchun ideal boshlang‘ich nuqtadir. Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so‘ng, siz White Hat Hacker (Ethical Hacker) sifatida shakllanasiz va kiberxavfsizlik sohasida ishlash uchun yetarli bilimga ega bo‘lasiz. Biroq, yanada chuqurroq bilim olishni istaganlar uchun 3 oylik Red Team intensiv kursi ham mavjud. Ushbu kurs hujumkor kiberxavfsizlik (Offensive Security) bo‘yicha chuqur bilim berib, kiberhujumlarni aniqlash, tahlil qilish va ularga qarshi kurashish yo‘nalishida kuchli mutaxassis bo‘lishingizga yordam beradi. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar bir nechta xalqaro sertifikatlar hamda HH Security tomonidan taqdim etiladigan maxsus sertifikatga ega bo‘ladilar. Ushbu sertifikatlar sizning bilim va malakangizni tasdiqlab, xalqaro darajadagi ish imkoniyatlariga eshik ochadi!

Kursda qatnashish uchun talablar

Kursda hamma ham qatnasha olmaydi. Kursga yozilish uchun kompyuter savodxonligi va internet tarmoqlari haqida 100% amaliy tushunchaga ega bo‘lish talab etiladi. Shuningdek, kamida 1,5 yil kompyuter bilan ishlash tajribangiz bo‘lishi va mustaqil ravishda muammolarni hal qila olish qobiliyatingiz talab qilinadi. Agar siz kiberxavfsizlik sohasida o‘zingizni ko‘ra olsangiz, boshlang‘ich bilimlaringizga ishonsangiz va doimiy nazorat ostida o‘qish jarayonini qabul qila olsangiz, ushbu kursda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bizning maqsadimiz – sifatli va bilimli kadrlar yetishtirish, shunchaki kursni tugatgan, lekin real muammolarni hal qila olmaydigan ishtirokchilarni chiqarish emas. Shu sababli, faqat chinakam qiziqish va qat’iyatga ega bo‘lgan nomzodlar kursga qabul qilinadi❗️ please think again!

Kursni yarmida tashlab ketish mumkin emas, ya’ni kursni tashlab ketsangiz bizni ham sizni ham harakatlaringiz zoye ketadi, shuning uchun yaxshilab o’ylab bir qarorga keling!

O`quvchilar soni

O’quvchilar qabul soni cheklangan, ya’ni 2 ta guruh qabul qilinadi, har bir guruh maximum 15 kishidan iborat bo’lishi mumkin.

Dars jadvali

Dars haftasiga 3 kun, 2-3 soatdan bo’ladi.

Texnik talablar

Sizda doimiy internet va yaxshi (8 GB RAM dan kam bo’lmagan ) kompyuter bo’lishi kerak.

Dars vaqti

Darslar xammasi, doim kechqurun 20:00 (o’quvchilar bilan kelishib o’zgartirilishi mumkin) dan keyin o’tiladi, xaftada 3 kun dars, qolgan kunlar vazifalar bajariladi, amaliyot va savol-javob qilinadi. Sizlarni barcha savollaringizga doimiy ravishda 24/7 supportlar tomonidan javob olasiz!

😎 Bonus imkoniyatlar

Bonus sifatida o`quvchilarga doimiy foydalanish uchun kurs ichida tekinga beriladi 😎

Bizda alohida ishlab chiqilgan bir nechta kurslar mavjud bo‘lib, ular o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzularga qarab taqdim etiladi. Kurs davomida o‘quvchilarga xalqaro kiberxavfsizlik sertifikatlarini olish uchun optimal yo‘l xaritasi o‘rgatiladi. Shuningdek, ishga kirish jarayonida zarur bo‘lgan texnik va amaliy yordam ko‘rsatiladi, jumladan: Rezyume (CV) tayyorlash Report yozish Ish suhbati (intervyu)ga tayyorlanish Bu yordam sizga faqat O‘zbekistonda emas, balki butun dunyo bo‘ylab ishga joylashishda katta imkoniyat yaratadi. Kursimiz ish vaqtida real topshiriqlar orqali to‘ldirilgan bo‘lib, unda zarur bilimlar amaliy tarzda o‘rgatiladi. Bundan tashqari, ba’zi xalqaro sertifikatlar uchun administrator tomonidan alohida support (qo‘llab-quvvatlash) taqdim etiladi, agar o‘quvchi keyinchalik ushbu sertifikatlarni olishga qaror qilsa. ✅

Amaliy ta`lim

Kurs davomida 100% amaliyot asosida siz tarmoq resurslari, dasturiy ta’minot va veb-resurslar zaifliklarini batafsil tahlil qilishni hamda ulardan himoyalanish usullarini o‘rganasiz. Siz hujumlarning eng keng tarqalgan ssenariylari bilan tanishib, keyinchalik ularni osonlikcha aniqlash va bartaraf etish ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz. Viruslarni tahlil qilish, zararli dasturlarni tekshirish va ulardan himoyalanish bo‘yicha chuqur bilim olasiz.

Axborot tizimi yoki dastur xavfsizligini tahlil qilish uchun zamonaviy vositalardan samarali foydalanish, zaif tomonlarni aniqlash, tasniflash va ularni bartaraf etish usullarini o‘rganasiz. Muntazam vazifalarni avtomatlashtirish uchun dasturlash qobiliyatlari, topilgan zaifliklar bo‘yicha batafsil va mukammal report tayyorlash, shuningdek, bilimingizni sertifikatlashtirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

24/7 Support

Ushbu kursda qatnashgan o‘quvchilar uchun doimiy ravishda alohida support admin(@hhsecurity_support)tomonidan qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi.Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan o‘quvchilar ishga tayyor mutaxassis bo‘lishadi va kelajakda ish jarayonida duch keladigan muammolar yuzasidan biz bilan bog‘lanib, ularning yechimini topishda yordam olishlari mumkin. Kurs kontenti va rejasi juda keng qamrovli bo‘lib, kiberxavfsizlik sohasida zarur bo‘lgan barcha muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Mavzuga oid kalit so‘zlar bilan pastda tanishing:

KiberxavfsizlikTarmoq xavfsizligiTarmoq tuzilishiFirewallDasturlash tillariMalware analizPenetration testingXavfsizlik auditiZaifliklar analiziAntiviruslarTizim xavfsizligiXavfsizlik monitoringIncident Response

Kurs rejasi va mavzular📃

Kurs rejasi

1

1-oy Programming Languages(Python)

Dasturlash tillari, interpretator va kompilyator, IDE, Python dasturlash tili, o`zgaruvchilar, data types (int, float, string, boolean…), shart operatorlari (if, elif, else, match case), list, list metodlari (append, insert, del, remove…),

+
2

2-oy Network Administrator

Tarmoq administratori, hududiy tarmoq tuzish, tarmoq, OSI 7 layers, tarmoq protokollari, IP va MAC manzillar, UDP/TCP, hub, switch (Layer 2 vs Layer 3), router, firewalls, Wi-Fi xavfsizligi, konsol, mis kabel (copper cable), crossover kabel, web-server, DNS, WAF (Web Application Firewall), portlar, VLAN, STP (Spanning Tree Protocol), RSTP (Rapid Spanning Tree Protocol), EtherChannel, Channel-group, faol (active) va passiv (passive) kanal, LACP (Link Aggregation Control Protocol), PAgP (Port Aggregation Protocol),

+
3

3-oy Windows OS

Windows operatsion tizimi tuzilishi, ishlashi uchun muhim servislar va ularning vazifalari, xavfsizlik choralari, hardening uchun zarur ishlar, UAC (User Account Control), Windows API/WinAPI, process va threads (ps/threads), WinInit va WinLogon, DLL (Dynamic Link Library), WSL (Windows Subsystem for Linux), BIOS va UEFI, MBR va GPT, SRM (Security Reference Monitor) va LSASS (Local Security Authority Subsystem Service), Reestr (Windows Registry), Mimikatz, Digital Forensics, RAM capture, maxsus forensika operatsion tizimlari, Velociraptor, NirSoft, FTK Imager, DataDump, MRU (Most Recently Used), MobSF (Mobile Security Framework), AndroSpy, ADB (Android Debug Bridge), PowerShell,

+
4

4-oy Network Analyst and Network Security

Tarmoq analizi, paketlar, network protokollar, packet ID, HTTP/S, DNS, SMTP, FTP, ICMP, ARP, UDP, TCP, SSL, TLS 1.2 va TLS 1.3, Wireshark, packet capture, HTTP query, request, response, methods, server request va response (POST, GET, DELETE, UPDATE …), network interfeys, WLAN, eth0, lo, cap, pcap, packet analiz, xavfsizlik algoritmlari (MD5, SHA-1, SHA-256, SHA-512, WPA/WPA2/WPA3),

+
5

5-oy WAPT - Web Application Pentesting!

Dolzarb, qiziqarli va doimiy daromad keltiruvchi kiberxavfsizlik yo‘nalishlaridan biri. Bu oyda biz asosiy tushunchalar: URL, URI, Absolute Path, Request, Response, Client-side, Server-side, Static/Dynamic saytlar, Texnologiyalar (Technology), CMS, Dasturlash tillari (Language), Xavfsizlik (Security), Firewall, Monitoring, Detecting, shuningdek, Bug Bounty, Report, OWASP Top 10, Security Risks, BAC (Broken Access Control), CF (Cross-Frame Scripting), Injection (SQL, Command, HTML, XML, XXE), WSTG (Web Security Testing Guide), ZAP (OWASP Zed Attack Proxy), HTTP/S, SSL/TLS, Ma`lumotlar bazasi (Database/DB).

+
6

6-oy Real targetlar ustida amaliyot(Practice)Vaow amazing 🤩

Butun kurs davomida o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalarni real loyihalar orqali mustahkamlash! Ishlab turgan real tarmoq, tizim va veb-saytlarni tekshirish, zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish, TryHackMe, HackTheBox, OverTheWire kabi platformalarda turli darajadagi modullarni bajarish, shuningdek, PortSwigger, DVWA, BWAPP kabi xavfsizlik bo‘yicha maxsus muhitlarda amaliy tajriba orttirish. Tarmoq va tizim xavfsizligini tekshirish, Firewall, IDS/IPS tizimlarini sozlash va hujumlarni simulyatsiya qilish. Web-zaifliklar tahlili, SQL Injection, XSS, IDOR, CSRF, SSRF kabi zaifliklarni aniqlash va ularni ekspluatatsiya qilish. Nessus, Burp Suite, ZAP Proxy, Dirbuster, Nikto va boshqa xavfsizlik vositalari orqali tizimlarni tekshirish hamda zaifliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar. Nginx, Apache, Ngrok kabi serverlarning ishlash prinsiplarini chuqur o‘rganish, turli konfiguratsiya muammolarini bartaraf etish.

+

Disclaimer

Butun kurs davomida biz hech qanday virtual targetlardan foydalanmaymiz, barcha darslar 100% real targetlar ustida amaliyot tarzida olib boriladi. Bu yondashuv kurs natijasining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi, chunki rejalashtirilgan, sun’iy yaratilgan targetlar odatda oldindan ma’lum bo‘lgan zaifliklarga ega bo‘ladi, bu esa haqiqiy tajriba orttirishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Kurs ishtirokchilari real tizimlardagi turli zaifliklarni mustaqil aniqlash, ekspluatatsiya qilish va ularni bartaraf etishni o‘rganadilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, barcha darslar real targetlar ustida olib boriladi, shu sababli dars davomida alohida VPN serverlar va maxsus resurslardan foydalanish talab etiladi. O‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan tarzda tashkil etilgan bo‘lib, barcha amaliy mashg‘ulotlar xalqaro resurslar va boshqa davlatlarga tegishli tizimlar orqali amalga oshiriladi. Bu yondashuv kiberxavfsizlik bo‘yicha haqiqiy tajribaga ega bo‘lish, xavfsizlik zaifliklarini aniq va samarali bartaraf etishni o‘rganish imkonini beradi🔐

6 oylik Umumiy kursning narxi✅ Chegirma mavjud

💰 6 million so‘m

Full HD sifatdagi videodarslar
O‘quv materiallari
O‘zbek tilidagi PDF kitoblar
O‘qituvchi bilan doimiy aloqa
Umumiy guruh chat
Barcha o'quv qurollari bilan taminlanadi
Sizga xalqaro Sertifikatlar olishda yordam beramiz

Copyright [c] 2025

To‘lov qanday amalga oshiriladi?

💳 To‘lovni karta orqali yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirishingiz mumkin. 📅 6 oylik kursning 1 oylik to‘lovi – 1,000,000 so‘m. To‘lov qilish uchun administratorga murojaat qiling.

2,000,000 so‘mlik kurslarni

Ushbu kurs ichida bepul qo‘lga kiritasiz!

Shoshiling, o‘quvchilar soni cheklangan!

Kursga yozilish uchun administratorga murojaat qiling.

Kursga yozilish uchun

Administrator bilan bog`laning va to`lov qiling.

Bizning manzil:

Namangan shahri, Algoritm o‘quv markazi.

Bizning o`quvchilar

Hozirda 50 dan ortiq offline va 20 dan ortiq online o`quvchilar tahsil olmoqda