Kiberxavfsizlik sohasida yetuk mutaxassis bo’lish uchun 6 oylik onlayn o’quv kursi!
Zamonaviy, yuqori talab va keng imkoniyatli, munosib maosh va kerakli kasb egasi bo’lish uchun ajoyib imkoniyat!
Diqqat!
Ushbu kursda siz HACKERS HUB tomonidan kiberxavfsizlik sohasida zarur bo‘lgan bilimlarni chuqur o‘rganasiz. Kiberxavfsizlik turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan keng sohaga ega, ushbu kurs esa ushbu yo‘nalishlarning barchasiga tegishli bo‘lgan kompleks bilimlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Kurs umumiy va mukammal tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, barcha muhim tushunchalar va amaliyotlar bir joyga jamlangan. Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so‘ng, siz universal bilim darajasiga ega bo‘lasiz va o‘zlashtirish darajangizga qarab kiberxavfsizlik xodimi sifatida ish boshlashingiz mumkin bo‘ladi. Ha, siz kursdan so‘ng bemalol ish faoliyatingizni boshlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz, ammo bu, albatta, o‘quvchining o‘z harakati, bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishi va amaliy tajribaga ega bo‘lishiga bog‘liq. Izlaganga tole yor deganidek, agar harakat qilsangiz, ushbu kurs sizni kiberxavfsizlik sohasida yuqori natijalarga olib boradi. Aks holda, faqat vaqt va mablag‘ sarflab qo‘yishingiz mumkin. Shunday ekan, bilim olishga, amaliyot qilishga va o‘zingizni rivojlantirishga tayyor bo‘ling!
Shu sabab be mindful!
Dunyoda bu sohani rivojlantirish uchun eng zo’rlari bilan ya’ni HACKERS HUB bilan birga bo`ling, bizni jamoamizga qo`shiling!
Ushbu kurs yaqindagina mukammal tarzda ishlab chiqildi va eng so‘nggi ma’lumotlar asosida shakllantirildi. Kurs mazmuni juda keng bo‘lib, barcha bilimlar muayyan tartib va navbat bilan o‘rgatiladi. Ushbu kurs boshlang‘ich va fundamental bilimlarni qamrab oladi, bu esa kiberxavfsizlik sohasiga endigina qadam qo‘yganlar uchun ideal boshlang‘ich nuqtadir. Kursni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so‘ng, siz White Hat Hacker (Ethical Hacker) sifatida shakllanasiz va kiberxavfsizlik sohasida ishlash uchun yetarli bilimga ega bo‘lasiz. Biroq, yanada chuqurroq bilim olishni istaganlar uchun 3 oylik Red Team intensiv kursi ham mavjud. Ushbu kurs hujumkor kiberxavfsizlik (Offensive Security) bo‘yicha chuqur bilim berib, kiberhujumlarni aniqlash, tahlil qilish va ularga qarshi kurashish yo‘nalishida kuchli mutaxassis bo‘lishingizga yordam beradi. Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar bir nechta xalqaro sertifikatlar hamda HACKERS HUB tomonidan taqdim etiladigan maxsus sertifikatga ega bo‘ladilar. Ushbu sertifikatlar sizning bilim va malakangizni tasdiqlab, xalqaro darajadagi ish imkoniyatlariga eshik ochadi!
Kursda qatnashish uchun talablar
Kursda hamma ham qatnasha olmaydi, biroq bizning kursda boshlang‘ich bilimga ega bo‘lganlar, hatto noldan boshlovchilar ham o‘qishi mumkin. O‘quv jarayoni kompyuter savodxonligi va internet tarmoqlari asoslaridan boshlab, bosqichma-bosqich kiberxavfsizlik yo‘nalishigacha olib boriladi. Kurs davomida sizdan eng muhimi — o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, mas’uliyat va qat’iyat talab etiladi. Amaliy mashg‘ulotlarga tayyor bo‘lish, mustaqil fikrlashga intilish va berilgan vazifalarni oxirigacha bajarish qobiliyati muhim hisoblanadi. Agar siz kiberxavfsizlik sohasida o‘zingizni ko‘ra olsangiz, bilimlarni noldan bo‘lsa ham jiddiy va tizimli tarzda o‘zlashtirishga tayyor bo‘lsangiz hamda doimiy nazorat ostidagi o‘quv jarayonini qabul qila olsangiz, ushbu kursda o‘qish imkoniyatiga egasiz. Bizning maqsadimiz — noldan boshlab real muammolarni hal qila oladigan, amaliy bilimga ega kadrlar yetishtirish. Shunchaki sertifikat olib chiqadigan emas, balki haqiqiy mutaxassis bo‘lishni istagan nomzodlargina kursga qabul qilinadi❗️ please think again!
Kursni yarmida tashlab ketish mumkin emas, ya’ni kursni tashlab ketsangiz bizni ham sizni ham harakatlaringiz zoye ketadi, shuning uchun yaxshilab o’ylab bir qarorga keling!
O`quvchilar soni
O’quvchilar qabul soni cheklangan, ya’ni 2 ta guruh qabul qilinadi, har bir guruh maximum 15 kishidan iborat bo’lishi mumkin.
Dars jadvali
Dars haftasiga 4 kun, 2-3 soatdan bo’ladi.
Texnik talablar
Sizda doimiy internet va yaxshi (8 GB RAM dan kam bo’lmagan ) kompyuter bo’lishi kerak.
Dars vaqti
Darslar xammasi, doim kechqurun 20:00 (o’quvchilar bilan kelishib o’zgartirilishi mumkin) dan keyin o’tiladi, xaftada 4 kun dars, qolgan kunlar vazifalar bajariladi, amaliyot va savol-javob qilinadi. Sizlarni barcha savollaringizga doimiy ravishda 24/7 supportlar tomonidan javob olasiz!
😎 Bonus imkoniyatlar
Bonus sifatida o`quvchilarga doimiy foydalanish uchun kurs ichida tekinga beriladi 😎
Bizda alohida ishlab chiqilgan bir nechta kurslar mavjud bo‘lib, ular o‘quvchilarga o‘rganilayotgan mavzularga qarab taqdim etiladi. Kurs davomida o‘quvchilarga xalqaro kiberxavfsizlik sertifikatlarini olish uchun optimal yo‘l xaritasi o‘rgatiladi. Shuningdek, ishga kirish jarayonida zarur bo‘lgan texnik va amaliy yordam ko‘rsatiladi, jumladan: Rezyume (CV) tayyorlash Report yozish Ish suhbati (intervyu)ga tayyorlanish Bu yordam sizga faqat O‘zbekistonda emas, balki butun dunyo bo‘ylab ishga joylashishda katta imkoniyat yaratadi. Kursimiz ish vaqtida real topshiriqlar orqali to‘ldirilgan bo‘lib, unda zarur bilimlar amaliy tarzda o‘rgatiladi. Bundan tashqari, ba’zi xalqaro sertifikatlar uchun administrator tomonidan alohida support (qo‘llab-quvvatlash) taqdim etiladi, agar o‘quvchi keyinchalik ushbu sertifikatlarni olishga qaror qilsa. ✅
Amaliy ta`lim
Kurs davomida 100% amaliyot asosida siz tarmoq resurslari, dasturiy ta’minot va veb-resurslar zaifliklarini batafsil tahlil qilishni hamda ulardan himoyalanish usullarini o‘rganasiz. Siz hujumlarning eng keng tarqalgan ssenariylari bilan tanishib, keyinchalik ularni osonlikcha aniqlash va bartaraf etish ko‘nikmalariga ega bo‘lasiz. Viruslarni tahlil qilish, zararli dasturlarni tekshirish va ulardan himoyalanish bo‘yicha chuqur bilim olasiz.
Axborot tizimi yoki dastur xavfsizligini tahlil qilish uchun zamonaviy vositalardan samarali foydalanish, zaif tomonlarni aniqlash, tasniflash va ularni bartaraf etish usullarini o‘rganasiz. Muntazam vazifalarni avtomatlashtirish uchun dasturlash qobiliyatlari, topilgan zaifliklar bo‘yicha batafsil va mukammal report tayyorlash, shuningdek, bilimingizni sertifikatlashtirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.
24/7 Support
Ushbu kursda qatnashgan o‘quvchilar uchun doimiy ravishda alohida support admin(@hackers_hub_support)tomonidan qo‘llab-quvvatlash taqdim etiladi.Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan o‘quvchilar ishga tayyor mutaxassis bo‘lishadi va kelajakda ish jarayonida duch keladigan muammolar yuzasidan biz bilan bog‘lanib, ularning yechimini topishda yordam olishlari mumkin. Kurs kontenti va rejasi juda keng qamrovli bo‘lib, kiberxavfsizlik sohasida zarur bo‘lgan barcha muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid kalit so‘zlar bilan pastda tanishing:
Kurs rejasi va mavzular📃
Kurs rejasi
1-oy Windows OS
Windows operatsion tizimi tuzilishi, ishlashi uchun muhim servislar va ularning vazifalari, xavfsizlik choralari, hardening uchun zarur ishlar, UAC (User Account Control), Windows API/WinAPI, process va threads (ps/threads), WinInit va WinLogon, DLL (Dynamic Link Library), WSL (Windows Subsystem for Linux), BIOS va UEFI, MBR va GPT, SRM (Security Reference Monitor) va LSASS (Local Security Authority Subsystem Service), Reestr (Windows Registry), Mimikatz, Digital Forensics, RAM capture, maxsus forensika operatsion tizimlari, Velociraptor, NirSoft, FTK Imager, DataDump, MRU (Most Recently Used), MobSF (Mobile Security Framework), AndroSpy, ADB (Android Debug Bridge), PowerShell,
2-oy Linux OS
Linux OS tuzilishi , umumiy arxitektura , katalog va fayllar joylashuvi , virtualizatsiya , Acl , Yadro / kernel haqida , EXT4 , Unix Grub , paket menejerlari , o’rnatish va o’chirish , fayllar boshqaruv komandalari , 200+ komandalar bilan ishlash tasnifi , UID, GID ,PID , PPID,TOP,Process, Inode , tarmoq sozlamalari va komandalari , TCP/IP , udp , firewall , Ipsec/iptables , swap , mount , pci , bash scripting , clamav,SElinux , ELF/PE , Sudo , chmod , PAM ,crontab,PrivEscalation,Reverse shell,TTY,GTFobins,Special OS , hardened OS ,
3-oy Python programming language
Dasturlash tillari, interpretator va kompilyator, IDE, Python dasturlash tili, o`zgaruvchilar, data types (int, float, string, boolean…), shart operatorlari (if, elif, else, match case), list, list metodlari (append, insert, del, remove…),
4-oy Reverse Engineering
Reverse Engineering asoslari va etik-huquqiy chegaralar, dasturiy ta’minot arxitekturasi, kompilyatsiya va dekompilyatsiya jarayonlari, C/C++ asoslari, xotira (stack, heap), pointer’lar, x86/x64 Assembly, register va instruktsiyalar, calling convention’lar, PE va ELF binary formatlari, header va section’lar, Import/Export Table, static va dynamic linking, Windows API (WinAPI) va system call’lar, process va thread’lar, Static Reverse Engineering (IDA Pro, Ghidra, Radare2), control flow va function tahlili, Dynamic Reverse Engineering (x64dbg, OllyDbg), debugging, breakpoint’lar, memory analysis,
5-oy WAPT - Web Application Pentesting!
Dolzarb, qiziqarli va doimiy daromad keltiruvchi kiberxavfsizlik yo‘nalishlaridan biri. Bu oyda biz asosiy tushunchalar: URL, URI, Absolute Path, Request, Response, Client-side, Server-side, Static/Dynamic saytlar, Texnologiyalar (Technology), CMS, Dasturlash tillari (Language), Xavfsizlik (Security), Firewall, Monitoring, Detecting, shuningdek, Bug Bounty, Report, OWASP Top 10, Security Risks, BAC (Broken Access Control), CF (Cross-Frame Scripting), Injection (SQL, Command, HTML, XML, XXE), WSTG (Web Security Testing Guide), ZAP (OWASP Zed Attack Proxy), HTTP/S, SSL/TLS, Ma`lumotlar bazasi (Database/DB).
6-oy Real targetlar ustida amaliyot(Practice)Vaow amazing 🤩
Butun kurs davomida o‘rganilgan bilim va ko‘nikmalarni real loyihalar orqali mustahkamlash! Ishlab turgan real tarmoq, tizim va veb-saytlarni tekshirish, zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish, TryHackMe, HackTheBox, OverTheWire kabi platformalarda turli darajadagi modullarni bajarish, shuningdek, PortSwigger, DVWA, BWAPP kabi xavfsizlik bo‘yicha maxsus muhitlarda amaliy tajriba orttirish. Tarmoq va tizim xavfsizligini tekshirish, Firewall, IDS/IPS tizimlarini sozlash va hujumlarni simulyatsiya qilish. Web-zaifliklar tahlili, SQL Injection, XSS, IDOR, CSRF, SSRF kabi zaifliklarni aniqlash va ularni ekspluatatsiya qilish. Nessus, Burp Suite, ZAP Proxy, Dirbuster, Nikto va boshqa xavfsizlik vositalari orqali tizimlarni tekshirish hamda zaifliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar. Nginx, Apache, Ngrok kabi serverlarning ishlash prinsiplarini chuqur o‘rganish, turli konfiguratsiya muammolarini bartaraf etish.
Disclaimer
Butun kurs davomida biz hech qanday virtual targetlardan foydalanmaymiz, barcha darslar 100% real targetlar ustida amaliyot tarzida olib boriladi. Bu yondashuv kurs natijasining yuqori bo‘lishini ta’minlaydi, chunki rejalashtirilgan, sun’iy yaratilgan targetlar odatda oldindan ma’lum bo‘lgan zaifliklarga ega bo‘ladi, bu esa haqiqiy tajriba orttirishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Kurs ishtirokchilari real tizimlardagi turli zaifliklarni mustaqil aniqlash, ekspluatatsiya qilish va ularni bartaraf etishni o‘rganadilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, barcha darslar real targetlar ustida olib boriladi, shu sababli dars davomida alohida VPN serverlar va maxsus resurslardan foydalanish talab etiladi. O‘quv jarayoni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan tarzda tashkil etilgan bo‘lib, barcha amaliy mashg‘ulotlar xalqaro resurslar va boshqa davlatlarga tegishli tizimlar orqali amalga oshiriladi. Bu yondashuv kiberxavfsizlik bo‘yicha haqiqiy tajribaga ega bo‘lish, xavfsizlik zaifliklarini aniq va samarali bartaraf etishni o‘rganish imkonini beradi🔐